Prezidentning 12 iyundagi tegishli qaroriga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari etib Usman Sharifxodjaev tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi.
Yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Usman Sharifxodjaev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi ta`lim sho`basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Xalq ta`limi vazirining birinchi avvalgi o`rinbosari Alisher Umarov shu yilning fevral oyida Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlangan edi.
Eslatib o`tamiz, Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari lavozimiga avvalroq Rustam Karimjonov tayinlangandi.
U shu paytgacha vazirlikning “Innovasiya, texnologiya va strategiya” markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelgan.






