O`zini o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tgan oliy ta`lim muassasalariga o`zini o`zi to`liq moliyaviy ta`minlash miqdoridan kelib chiqib, to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatini belgilash huquqi berildi.
O`zini o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tgan OTMlar rektorlari bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha belgilangan to`lov-kontrakt miqdori haqidagi ma`lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog`ida e`lon qiladi.
Eslatib o`tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi «Oliy ta`lim muassasalarini bosqichma-bosqich o`zini o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tkazish to`g`risida»gi 967-sonli qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan respublikamizdagi 10 ta oliy ta`lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o`zini o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tgan edi.
Bular:
1️⃣ Samarqand davlat chet tillari instituti
2️⃣ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
3️⃣ Toshkent davlat yuridik universiteti
4️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
5️⃣ Toshkent moliya instituti
6️⃣ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
7️⃣ Toshkent farmasevtika insituti
8️⃣ O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti
9️⃣ Urganch davlat universiteti
🔟 Toshkent temir yo`l muhandislari instituti






