AsosiyJamiyat

Yozyovonda “Nexia” yo`l notekisligi sabab boshqaruvdan chiqib, ag`darilib ketdi. Jabrlanganlar va qurbon bor

'Yozyovonda “Nexia” yo`l notekisligi sabab boshqaruvdan chiqib, ag`darilib ketdi. Jabrlanganlar va qurbon bor'ning rasmi

11 iyun kuni fuqaro M.Sh. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Yangiobod MFY hududida boshqarib ketayotib, yo`lning notekis joyida boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetiga ag`darilib ketdi. 

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, YTH natijasida haydovchi M.Sh. yo`lovchilar Sh.N. va M.I.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, yo`lovchi Sh.N. ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, ulardan yo`l harakati qoidalarini buzmasliklarini so`rab qoladi. 


 

    Boshqa yangiliklar