1

DXX Buxoro, Surxondar va Toshkentda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini musodara qildi

Jinoyat 14.06.2020, 13:47
DXX Buxoro, Surxondar va Toshkentda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini musodara qildi

Afg`oniston Respublikasidan katta miqdordagi giyohvandlik moddasi kontrabanda yo`li bilan olib o`tilib, Surxondaryo viloyati Muzrobod tumani hududiga yashirib qo`yilganligi to`g`risida olingan ma`lumot asosida DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida chegaraoldi hududdan 8 kg. 579 gr. «opiy» moddasi hamda 2 kg. 380 gr. ko`knor boshoqlari prosessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbiri davomida Fijduvon tumanidagi «Sarmijon» yo`l-patrul maskanida «Toshkent - Buxoro» yo`nalishida harakatlanib kelayotgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasi to`xtatilib, tekshirildi.

Natijada, uning yukxonasida olib ketilayotgan qurilish mollari orasidan 1 kg. 870 gr. «opiy»giyohvandlik moddasi topildi va u mashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan 1966 yil Qorako`l tumanida tug`ilgan F.Bebitovga tegishli ekanligi ma`lum bo`ldi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida G`.Bebitov Tojikiston Respublikasidan olib kelingan ushbu giyohvandlik moddasini Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 1961 y.t. I.Yusupovdan 12.000 AQSh dollariga sotib olganligi ma`lum bo`ldi. Shundan so`ng u ham qo`lga olindi.

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston fuqarosi 1993 y.t. O.Imomov Bekobod tumani hududidagi davlat chegarasidan noqonuniy o`tib, mamlakatimizga kirib kelgan vaqtida ushlandi. Natijada, uning yonidagi paket ichida 983 gr. «opiy» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, DXX xodimlarining Toshkent shahar bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurash bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbirida Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahri tomon harakatlanib kelayotgan «ISUZU» rusumli avtomashinasi «Erkin» YPX maskanida to`xtatilib, tekshirildi. Natijada, avtomobil yukxonasida 452 gr. «opiy» giyohvandlik moddasi borligi va u avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan 1983 yil Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug`ilgan A.Saidovga tegishli ekanligi ma`lum bo`ldi.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 11 kg 884 gr. «opiy» moddasi va 2 kg 380 gr. ko`knor boshoqlari musodara qilindi.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1