AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 5051 (+57) nafarga etdi

'O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 5051 (+57) nafarga etdi'ning rasmi

2020 yil 14 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5051 (+57) nafarni tashkil etmoqda. Ertalab soat 10.00 dan buyon 7 soat ichida yana 57 nafar fuqaroda virus aniqlandi, deb yozmoqda SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari poytaxtimizda aholi orasida, 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari aholi orasida, 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida ( 1 nafari aholi orasida, yana bir nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3910 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog`aygan.  

Bugun shu soatgacha 36 nafar bemor ushbu kasallikdan forig` bo`lishgan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 1122 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 12 nafari og`ir, 2 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar