Turkiyaning muvofiqlashtirish va hamkorlik agentligi (TIKA), Sardoba fojiasi jabrdiydalariga yana bir bor gumanitar yordam jamlanmasini etkazib bermoqda. Gumanitar yordam 4000 ta ko`rpa-to`shak, yostiq va yotoq jamlanmalarini o`z ichiga olgan 7 ta yuk tashuvchi mashinada etkazib beriladi.
Ushbu insonparvarlik yordami, 2020 yil 15 iyun soat 16:00da, Guliston shahridagi "Alpomish" sport kompleksida tashkil etiladigan marosimda Turkiya elchisi Mehmet Surayyo Er va TIKA agentligi rahbari Jamoliddin Tuney janoblari tomonidan Sirdaryo hokimligiga taqdim etiladi. Bu haqda Turkiya elchixonasi matbuot maslahatchisi Davut Gazi Benli "Darakchi.uz"ga xabar berdi.






