SSV xabariga ko`ra bugun poytaxtimizda 22 nafar, Buxoroda 10 nafar va Namanganda 4 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aygan.
Toshkent shahri va viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2755 nafar bo`lib, endilikda shundan 1897 nafari sog`aydi. Ayni paytda poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 847 nafar infeksiyaga chalingan bemor davolanmoqda, deyiladi xabarda.
Buxoroda shu paytgacha 475 holatda kasallik qayd etilgan edi. Ammo viloyatda shifo topganlar soni ham oshib bormoqda. Hozirda sog`ayganlar jami 467 nafarga etdi. Shu kunlarda buxorolik shifokorlar 8 nafar bemorning hayoti uchun kurash olib bormoqda.
Namanganda esa jami kasallik qayd etilganlar 273 nafar bo`lib, bugungacha shundan 258 nafari tuzaldi. Bemorlardan 4 nafari vafot etgan edi. Ayni paytda bu hududda davolanayotganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun hozirgi soatgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan 36 nafar bemor sog`ayib, kasallikdan forig` bo`lganlar 3910 nafarga etdi. Infeksiyaga chalinganlar soni esa 4994 nafarni tashkil etmoqda.






