AsosiyJamiyat

Ertaga Tel-aviv va Dubayga charter reyslar tashkil etiladi

'Ertaga Tel-aviv va Dubayga charter reyslar tashkil etiladi'ning rasmi

Ertaga, 16 iyun kuni  Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent, Toshkent — Dubay — Toshkent charter reyslari tashkil etiladi.

️Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.️ Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Bugun Moskva — Toshkent hamda Istanbul — Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar