AsosiyJamiyat

Koreya Respublikasiga o`qishga yuborish evaziga fuqarolarni chuv tushirgan tashkilot faoliyatiga chek qo`yildi

'Koreya Respublikasiga o`qishga yuborish evaziga  fuqarolarni chuv tushirgan tashkilot faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati Asaka tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “S.” nodavlat ta`lim muassasasi rahbari T.N. va boshqalar 2019 yil davomida bir necha fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya davlatidagi oliygohlarga o`qishga kiritib qo`yish hamda viza olib berish evaziga 3 ta holatda 20 300 AQSh dollari va 8 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.  Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan N.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar