AsosiyJamiyat

Toshkentda isitish mavsumi boshlandi

Toshkent shahar hokimi joriy yilning 21 oktyabr kuni “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish va issiqlik energiyasi bilan ta`minlash to`g`risida”gi 910-sonli qarorini imzoladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmatiga tayangan holda kun.uz nashri xabar berdi.  

Unga ko`ra, 2015 yil 22 oktyabrdan boshlab ijtimoiy soha ob`ektlarida sinov tariqasida isitishga, turar joy binolari esa 23 oktyabrdan muntazam isitilishga kirishiladi. 
Mazkur qarorda “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshissiqquvvati”, tuman hokimliklari va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga hamkorlikda issiqlik manbalari, energiya bilan ta`minlovchi, uy-joylardan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan tuman hokimliklari nazorati ostida isitish mavsumini sifatli o`tkazish, barcha iste`molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv etkazilishini ta`minlash yuklatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar