11 iyun kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 50 yoshli Malika K. murojaat qilib, 2020 yil 15 mart kuni taxminan soat 11.00 da uning 57 yoshli turmush o`rtog`i, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Qizil-sharq ko`chasi, 39 “A” uyda yashovchi, spirtli ichimliklar iste`moliga ro`jo` qo`ygan Karimov Qahramon Sobirovich uydan chiqib, qaytib kelmaganini ma`lum qilgan.
Shu munosabati bilan Toshkent shahar IIBB ushbu shaxsning topilishida fuqarolardan ko`mak so`ramoqda.
Belgilari: bo`yi 165-170 sm., ozg`in, sochlari kalta, qora rangda, oq tushgan, mo`ylovchi bor, ko`zlari qora, burni uzun, egri.
Alohida belgilari: ustki jag`ida tishlari yo`q, chap tizzasi ostida chandig`i bor.
Kiyimlari: qora rangli kostyum-shim, oq ko`ylak, qora shippak, shimida kamarning o`rniga oq ip bog`langan.
Hurmatli fuqarolar! Agar siz Karimov K.ning turar joyi haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, yoki unga o`xshash kishini ko`rgan bo`lsangiz, quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so`raymiz 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102.






