Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev rahbarligidagi yangi o`quv yili qabul jarayonini tashkil etish bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tmoqda. Brifingda ishtirok etayotgan "Darakchi" nashri muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar qilishicha, bu yil test sinovlarini 1 avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda ekan.
“Dastlab 5 avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1 avgustdan boshlashga qaror qildik”, - degan Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev.