AsosiyJamiyat

Ayni paytda O`zbekistonning yana 3 ta hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

'Ayni paytda O`zbekistonning yana 3 ta hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 15  iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5154 (+51) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 28 nafari poytaxtimizda ( shundan 12 nafari aholi orasidan va 16 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotdagilar), 7 nafari Buxoro viloyatida (barchasi muloqot orqali yuqtirgan), 10 nafari Xorozm viloyatida (shundan 1 nafari axoli orasidan, qolgan 9 nafari esa infeksiyaga chalinganlar bilan muloqotdagi fuqarolar orasida ) qayd etilgan. Kasalligi aniqlangan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan tibbiy muolajalar o`tkazilmoqda.

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 3996 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar (77 foiz) sog`aygan.  

 

❗️Bugun shu soatgacha 53 nafar bemor ushbu kasallikdan forig` bo`lishgan.

 

‼️Hozirda mamlakatimizda 1139 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 12 nafari og`ir, 2 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. Sog`liqni saqlash vazirligi har bir bemorni o`z nazoratiga olgan.

    Boshqa yangiliklar