Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlaridan o`tuvchi avtomobil yo`li qurilishida yangi yo`l o`tkazgich va avtoyo`l ko`priklari qurilish ishlarining birinchi bosiqichi sifatida Chirchiq daryosi ustidan o`tuvchi ko`prik bunyod etilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Yangi ko`prik xavf ostida” nomli xabar yuzasidan, Qurilish vazirligi bayonot berdi.
Unda aytilishicha, Prezidentning 2018 yil 29 martdagi 3632-son qarori asosida amalga oshirilayotgan ushbu ob`ekt qurilish ishlariga buyurtmachi tashkilot “Ko`prikqurilishta`mirlash direksiyasi” UK, bosh loyiha tashkiloti: “Ko`prikqurilishloyiha” UK va bosh pudratchi tashkilot: 13-Ko`prikqurilish otryadi” UKdir.
Qurilish ob`ekti 2019 yil yanvar oyida Toshkent viloyat qurilish nazorat inspeksiyasida ro`yxatdan o`tkazilgan va ob`ektdagi qurilish-montaj ishlari ustidan o`rnatilgan tartibda nazorat olib borilmoqda.
Hozirgi kunda ob`ektda qurilish-montaj ishlari loyiha hujjatlari talablari asosida 98% ga bajarilgan.
Chirchiq daryosi qirg`oqlarini to`rt tomondan monolit temir-betondan mustahakamlash ishlari loyiha hujjatlari talablari asosida 100%ga tugallangan.
Ko`prik uchun ajratilgan mintaqada hech qanday noqonuniy qurilish ishlari olib borilmayapti.
Ko`prik bosh tomonida o`rnatilgan svay (buronabivne) qoziqlari qazib o`rnatilgan chuqurligi 23 m bo`lib, geologik hulosalarga asosan ushbu joyda qum-shag`al aralashmasi chuqurligi 30-35mni tashkil etadi.
Tosh maydalagichga tegishli bo`lgan shag`al qazib olish ishlari ko`prikdan ancha uzoqda olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda yozilganidek, ko`prik bosh tomonida ko`prik o`qining chap tomonida noqonuniy shaxslar tomonidan shag`al qazib olish ishlari olib borilayotgani yuzasidan esa ushbu faoliyat turi bo`yicha lisenziya mavjudligi va bajarilayotgan ishlarni nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Geologiya qo`mitasi, Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolati dooirasidagi ishlardir.






