AsosiyJamiyat

Turkiyada sodir bo`lgan qattiq zilzilada vafot etgan va bedarak yo`qolganlar ichida O`zbekiston fuqarolari yo`qligi ma`lum qilindi

'Turkiyada sodir bo`lgan qattiq zilzilada vafot etgan va bedarak yo`qolganlar ichida O`zbekiston fuqarolari yo`qligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Joriy yil 14 iyun, yakshanba kuni Turkiyaning sharqiy hududida 5,7 balli er silkinishi kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida vafot etgan va bedarak yo`qolganlar ichida O`zbekiston fuqarolari yo`q, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA mamlakatimizning Anqaradagi elchixonasi manbasiga asoslanib.

«Anadolu» agentligi xabariga ko`ra, zilzila Turkiya vaqti bilan 14 iyun, soat 17:24 da sodir bo`lgan. Kuchli er qimirlashi sabab Turkiya Sharqidagi Bingel provinsiyasida 18 kishi bedarak yo`qolgan. Ulardan bir nafari vafot etgan, deb xabar bermoqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar tuzilmasi. Ayni paytda hududda 100 nafar shifokor va qutqaruvchi yuborilgan. Shuningdek, 550 ta vaqtincha yashash uchun chodirlar etkazilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 5,7 balli er silkinishi markazi sifatida Karlyova okrugi hududi qayd etilgan. Zilzila Elzurum, Trabzon, Kars, Vatman, Siirt, Mardin, Elazig va Malatyada ham sezildi.

Turkiya ommaviy axborot vositalari ma`lumotiga ko`ra, yil boshidan buyon Turkiyada bir necha bor kuchli er qimirlashi kuzatilgan. Joriy yil yanvar va fevral oylarida bo`lib o`tgan zilzila oqibatida 44 kishi vafot etgandi.

    Boshqa yangiliklar