AsosiyJamiyat

Qamalgan odamning nafaqasi qanday tartibda to`lanishiga aniqlik kiritildi

'Qamalgan odamning nafaqasi qanday tartibda to`lanishiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Tahririyatimizga "Qamalganlarning yaqinlaridan kimdir uning nafaqasini olish huquqiga egami?" mazmunidagi savollar bilan ko`plab murojaatlar bo`lyapti. Mazkur savolga javob olish maqsadida Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari Farrux SULAYMONOVga murojaat qildik...

— O`zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 62-moddasiga asosan, pensioner ozodlikdan mahrum qilingan taqdirda tayinlangan pensiyani to`lash ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun to`xtatib qo`yiladi. Manzil-koloniyalarda jazoni o`tayotgan shaxslar bundan mustasno.

Manzil-koloniyalarda jazoni o`tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to`lash manzil-koloniya joylashgan erdagi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarningshaxsiy hisobvaraqalariga o`tkazish orqali amalga oshiriladi

                                                                                                                                                 Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar