AsosiyJamiyat

Navoiyda ayanchli YTH: yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida vafot etdi

'Navoiyda ayanchli YTH: yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 14 iyun kuni soat 20:40 larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududidan o`tuvchi 4R-48 “Zarafshon trakti” avtomobil yo`lining 135 km.da haydovchi 1987 y.t. X.M. “Skaniya” rusumli yuk transport vositasini “Xatirchi-Navoiy” yo`nalishi bo`yicha boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1994 y.t. Sh.B. boshqaruvida bo`lgan “Ford” rusumli transport vositasi bilan to`qnashib, YTH sodir etgan.

IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, YTH natijasida, “Skaniya” rusumli yuk transport vositasi haydovchisi X.M. og`ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. “Ford” rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.B. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar