O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan Shuhrat Sattorov Respublika ta`lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, 2020 yilning fevral oyidan beri Shuhrat Sattorov mazkur markazda direktor o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuhrat Sattorov 2004-2008 yillardaO`zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008-2009 yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
2018-2020 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yo`nalishini tamomlagan, deyiladi xabarda.






