AsosiyJamiyat

Toshkentdan Qarshi va Buxoroga qatnaydigan poezdlarning harakat jadvali e`lon qilindi

'Toshkentdan Qarshi va Buxoroga qatnaydigan poezdlarning harakat jadvali e`lon qilindi'ning rasmi

Bugun, 16 iyun kuni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan “Toshkent” markaziy temir yo`l vokzalidan Toshkent - Qarshi – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 4/3 raqamli “Nasaf” hamda Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 10/9 raqamli “Sharq” yo`lovchi poezdlarining harakatlanishi yo`lga qo`yildi.

Harakat jadvaliga ko`ra Toshkent – Qarshi – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 4/3 raqamli “Nasaf” poezdlari har kuni ertalab soat 08:52 da “Toshkent” markaziy temir yo`l vokzalidan va kunning ikkinchi yarmida, ya`ni soat 17:00 da “Qarshi” temir yo`l vokzalidan harakatlanadi.  

Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 10/9 raqamli “Sharq” poezdlari esa har kuni ertalab soat 09:15 da “Toshkent” markaziy temir yo`l vokzalidan hamda kunning ikkinchi yarmida, ya`ni soat 16:10 da “Buxoro” temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar