Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshiriladigan reyslar sonini ko`paytiradi hamda poytaxtdan Buxoro shahriga aviaqatnovni yo`lga qo`yadi. Bu haqda kompaniya ma`lumotiga tayanib «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Kompaniya tomonidan ma`lum qilinishicha, joriy haftadan boshlab Toshkentdan Urganch va Nukusga ikkitadan yangi reys yo`lga qo`yiladi. Bundan tashqari, Toshkent va Buxoro o`rtasidagi reys qayta tiklanadi.
Qo`shimcha reyslar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.
Toshkent—Nukus—Toshkent (payshanba, yakshanba)
- Toshkent—Nukus: 15:30 — 17:10
- Nukus—Toshkent: 19:40 — 21:00
Toshkent—Urganch—Toshkent (chorshanba, shanba)
- Toshkent—Urganch: 15:30 — 17:00
- Urganch—Toshkent: 19:30 — 20:50
Toshkent—Buxoro—Toshkent (dushanba, juma)
- Toshkent—Buxoro: 10:30 — 11:40
- Buxoro—Toshkent: 14:10 — 15:10
Chiptalarni kompaniya saytida, Toshkent shahridagi markaziy aviakassada va ko`rsatib o`tilgan shaharlardagi aeroportlarda xarid qilish mumkin.






