1

Yosh mutaxassislar uchun boshlang`ich yordam puli va uy-joy ajratiladi

Siyosat 16.06.2020, 20:49
Yosh mutaxassislar uchun boshlang`ich yordam puli va uy-joy ajratiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 16 iyun kuni xizmat ko`rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev bu yilgi bitiruvchilarni o`qish va ishga jalb etish masalalariga alohida e`tibor qaratdi.

Joriy yilda 451 mingdan ziyod yoshlar maktablarni va 188 ming nafari kollejlarni tamomladi. Bu yil qabul qamrovi kengaygani natijasida ularning 103 ming nafari oliy ta`lim muassasalariga va 90 mingtasi kollej-texnikumlarga o`qishga kirganda ham, boshqalarining bandligini ta`minlash zarur. Shuningdek, 71 ming nafar talaba oliy o`quv yurtlarini bitirdi.

– Qaysi hokim bu masalada bosh qotirib, bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashdi? Yosh o`g`il-qizlarimiz ertaga qaerga va kimga ish so`rab murojaat qiladi? Hududda ular uchun ish o`rinlari zaxirasi shakllantirilganmi? – deya savollar qo`ydi davlatimiz rahbari.

Masalan, Surxondaryo viloyatida qariyb 2 ming nafar talaba pedagogika yo`nalishlarini bitirmoqda. Ayni paytda Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida o`qituvchilar etishmaydi. Viloyat hokimi va sektor rahbarlari shu bitiruvchilar bilan uchrashib, ularni ishga yo`naltirishga yordam berishi kerakligi ta`kidlandi. Bosh vazir o`rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni rag`batlantirish, ular uchun boshlang`ich yordam puli va uy-joy ajratish tizimini joriy etish bo`yicha topshiriq berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1