O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 16 iyun kuni xizmat ko`rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.
Joriy yilda 451 mingdan ziyod yoshlar maktablarni va 188 ming nafari kollejlarni tamomladi. Bu yil qabul qamrovi kengaygani natijasida ularning 103 ming nafari oliy ta`lim muassasalariga va 90 mingtasi kollej-texnikumlarga o`qishga kirganda ham, boshqalarining bandligini ta`minlash zarur. Shuningdek, 71 ming nafar talaba oliy o`quv yurtlarini bitirdi.
– Qaysi hokim bu masalada bosh qotirib, bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashdi? Yosh o`g`il-qizlarimiz ertaga qaerga va kimga ish so`rab murojaat qiladi? Hududda ular uchun ish o`rinlari zaxirasi shakllantirilganmi? – deya savollar qo`ydi davlatimiz rahbari.






