AsosiyJamiyat

Surxondaryoning qishloq maktablaridagi kadrlar muammosi hal qilinadi

'Surxondaryoning qishloq maktablaridagi kadrlar muammosi hal qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 16 iyun kuni xizmat ko`rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

 Yig`ilishda ta`kidlanganidek, Surxondaryo viloyatida qariyb 2 ming nafar talaba pedagogika yo`nalishlarini bitirmoqda. Ayni paytda Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida o`qituvchilar etishmaydi. Viloyat hokimi va sektor rahbarlari shu bitiruvchilar bilan uchrashib, ularni ishga yo`naltirishga yordam berishi kerakligi qayd etildi.  

Bosh vazir o`rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni rag`batlantirish, ular uchun boshlang`ich yordam puli va uy-joy ajratish tizimini joriy etish bo`yicha topshiriq berildi.

 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlarda “Ishga marhamat” mono-markazlari tashkil etish, yoshlarni kasbga va tadbirkorlik asoslariga o`rgatish maskanlari hamda mahalla guzarlarida o`quv kurslari ochish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar