AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 100 dan ziyod kishida koronavirus aniqlandi

'Qashqadaryoda 100 dan ziyod kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 16 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5493 (+165) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 104 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olinganlar orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan, 1 nafari aholi orasida), 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (74 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1378 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar