AsosiyJamiyat

Bir necha kun oldin transport harakati uchun ochilgan Sirdaryodagi A-373 yo`li qayta yopildi. Faqat yuk mashinalariga ruxsat berilmoqda

'Bir necha kun oldin transport harakati uchun ochilgan Sirdaryodagi A-373 yo`li qayta yopildi. Faqat yuk mashinalariga ruxsat berilmoqda'ning rasmi

Xabaringiz bor, 2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori to`g`onida yuzaga kelgan favqulotda hodisa natijasida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari hududlaridagi aholi yashash punktlari, suv toshqini yo`nalishidagi dala maydonlaridagi ekinlarga ham jiddiy talofat etdi.

Shu bilan bir qatorda ushbu suv toshqini natijasida yuqoridagi hududlardan o`tgan xalqaro, davlat va mahalliy avtomobil yo`llari, yo`l ko`priklariga ham jiddiy zarar etib transport vositalarini harakatlanishi cheklandi.

Tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilgan qurilish-ta`mirlash, montaj ishlari davomida Oqoltin tumani hududidan o`tgan xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo`li bilan Guliston yo`nalishi bo`yicha o`tgan M-34 yo`lini bog`lab turuvchi A-373 xalqaro avtomobil yo`lining 37 kilometridan 0 kilometrigacha bo`lgan hududining "Toshkent-Samarqand" yo`nalishi 2020 yil 13 iyun kunidan transport vositalariga sutkaning yorug` vaqtida harakatlanishi uchun ochilgan edi.

Lekin, o`tgan kunlar davomida ushbu hududdan tranzit o`tib ketuvchi transport vositalari qo`payib ketganligi, yo`nalishdagi 4 ta ko`priklarda ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi, faqatgina bir tomonlama yo`nalish bo`lagida harakatlanish mavjudligi sababli ushbu hududlarda haddan tashqari transport vositalari tirbandligi oshib ketib, yo`lovchilarimiz ancha vaqtga qadar ushlanib qolishayotganligi aniqlandi.

Shu sabab A-373 avtomobil yo`lining ushbu qismida viloyat xududidan tranzit o`tib ketuvchi engil va yo`lovchi tashuvchi transport vositalari uchun harakatlanish to`xtatildi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

"Yuqoridagilarni inobatga olib, viloyat hududidan boshqa viloyatlarga tranzit tartibida harakatlanib o`tib ketayotgan haydovchilar va fuqarolarga "Toshkent-Samarqand" yo`nalishi bo`yicha transport vositalarida harakatlanish vaqtida M-34 avtomobil yo`lining 103 kilometrida A-373 avtomobil yo`liga, o`ngga qayrilmasdan to`g`riga - ya`ni, "Toshkent-Dushanbe" yo`nalishi bo`yicha harakatlanishda davom etishlari mumkinligini bildiramiz.

Haydovchilardan yo`llarning ushbu qismidan harakatlanib o`tayotgan vaqtlarida yo`l harakati qoidalariga hamda tartibga soluvchining ishoralariga amal qilgan holda transport vositalarini boshqarishlarini so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar