Xodimlarga yillik mehnat ta`tillari tashkilot jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarda belgilangan, mehnat shartnomasi shartlariga asosan ish kunlariga teng miqdorda beriladi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi to`rtinchi qismiga muvofiq maktablar, oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yillik ta`til ularning mazkur o`quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qat`i nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to`lagan holda yozgi ta`til davrida to`liq beriladi.
Shu sababli, agar o`qituvchilar uchun jamoa shartnoma va mehnat shartnomada 48 ish kuniga teng mehnat ta`tili berilishi ko`rsatilgan bo`lsa, karantin yoki maktab yangi ochilganligi sabab qilinib, ushbu mehnati ta`tilini kamaytirish mumkin emas, yillik mehnat ta`tili haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to`lagan holda yozgi ta`til davrida to`liq beriladi.
Mehnat kodeksining 146-moddasiga ko`ra xodimning xohishiga ko`ra, uning yozma arizasi asosida ta`tilni qismlarga bo`lishga yo`l qo`yiladi. Bunda ta`tilning bir qismi o`n ikki ish kunidan kam bo`lmasligi lozim.
Agar o`qituvchilar karantin davrida ushbu yillik mehnat ta`tilining bir qismidan foydalanilgan bo`lsa, foydalanilmagan mehnat ta`tillari yozgi ta`til davrida berilish lozim.