AsosiyJamiyat

Bu yil OTMlarda ijodiy imtihonlar qanday tartibda bo`lishi ma`lum qilindi

'Bu yil OTMlarda ijodiy imtihonlar qanday tartibda bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o`quv yili qabuli uchun OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo`yicha yo`riqnoma ishlab chiqildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishda quyidagi tartiblar asosida amalga oshiriladi:

* abiturient imtihonga shaxsiy pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishi lozim;

* abiturientlar imtihonga tibbiy niqob va qo`lqopda kiritiladi;

* imtihonga kirish oldidan har bir abiturientning tana harorati o`lchanadi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo`lgan abiturientlar imtihonlarga qo`yilmaydi;

* ijodiy imtihonda bitta abiturient uchun yarim soatdan bir soatgacha vaqt ajratiladi;

* imtihonlar to`liq videokuzatuv ostida o`tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi;

* Imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar