AsosiyJamiyat

Yangiqo`rg`onda dala hovlidagi yashirin tarmoq fosh bo`ldi

'Yangiqo`rg`onda dala hovlidagi yashirin tarmoq fosh bo`ldi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Yangiqo`rg`on tuman bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tadbir mobaynida dala hovlida elektr energiyasi tarmog`idan yashirin foydalanayotgan fuqaroning qilmishini fosh etdilar.  

Gap shundaki, xodimlar tomonidan fuqaro Ne`matjon Shavdamovning to`lov intizomiga rioya etishlari o`rganilganda noqonuniy tarmoqdan  foydalanayotgani ma`lum bo`ldi. “Hech kim ko`rmaydi” deya u dala hovlisiga tarmoqni hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortib olgan.  

Mazkur holat yuzasidan Byuroning tuman tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va dala hovli  tarmoqdan ajratib qo`yildi.

 Ta`minotchi korxonaga etkazilgan zarar so`mmasi hisob-kitob qilinganda 7.960.200 so`mni tashkil etdi.  

 Endi huquqbuzar fuqaro ushbu “hech kim bilmaydi” qabilidagi harakati bilan etkazilgan zararni to`laydi. Boz ustida zararga qo`shimcha ravishda amaldagi tartib-qoidalarga ko`ra qayta ulov va huquqbuzarlik jarimasini ham qo`shib to`laydigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar