AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bemorlar soni ko`paymoqda: yana 77 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonda bemorlar soni ko`paymoqda: yana 77 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 17 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5638 (+77) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qilmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 73 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi.  

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1523 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar