KXDR Janubiy Koreya tomonidan ilgari surilgan ziddiyatni yumshatish maqsadida elchilarni jo`natish bo`yicha taklifini rad etdi. Buning o`rniga, Shimoliy Koreya chegara yaqiniga o`z harbiylarini joylashtirdi.
Bir kun avval esa KXDR koreyalararo aloqa binosini portlatib yuborgan edi. Janubiy Koreya armiyasining qo`mondoni Jeon Dong Jin qo`shnisini bunday harakatlardan tiyilishga chaqirdi.
"Bu kabi harakatlar uzoq vaqtdan beri Koreya yarimorolida tinchlik o`rnatish bo`yicha amalga oshirilgan barcha kelishuvlarni yo`qqa chiqarishi mumkin, Shimol esa, bunday harakatlardan to`xtamasa, albatta qilmishiga yarasha oladi”, dedi qo`mondon.
Janubiy Koreya hukumatining matbuot kotibi chorshanba kuni Kim Chen Inning singlisi tomonidan aytilayotgayon so`zlar ikki davlat rahbari o`rtasidagi munosabatlarga putur etkazishini aytdi, deya yozmoqda O`zreport nashri.
Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chen bir kun avval Janubiy Koreya prezidenti haqida haqoratli so`zlarni aytgan edi. Jumladan, u Mun Chje In “o`z bo`ynini AQSh tomonidan tortilgan arqonga osib qo`ydi” dedi.
E`tiborlisi Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning o`zi bir necha kundan beri biror marta omma oldiga chiqish qilmadi.






