AsosiyJamiyat

Salomatligi sabab ishdan ketgan G`uzorning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

'Salomatligi sabab ishdan ketgan G`uzorning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Joriy yilning 10 aprel kuni Xalq deputatlari G`uzor tumani kengashi yig`ilishida tuman hokimi Sa`dulla Boboqulov salomatligidagi surunkali muammolar sabab vazifasidan ozod etilib, o`rniga tuman prokurori lavozimida ishlab kelgan Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Uzoq muddatli muolajadan so`ng, salomatligi tiklangan Sa`dulla Boboqulov viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar qildi.

Ma`lumot o`rnida, viloyat hokimi ham sessiyada ishtirok etib, S.Boboqulovga rahmat aytib, salomatligini tiklab, tez orada safimizga qaytishiga tilak bildirgan edi.

    Boshqa yangiliklar