Avval xabar qilganimizdek, ertaga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga boradi. Ushbu rasmiy tashrifni yoritish huquqi davlat OAVlari qatorida "Darakchi" nashri va "darakchi.uz" saytiga ham berildi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval Prezidentning Farg`ona viloyatiga bo`lgan tashrifini joyidan turib yoritish imkoni O`zbekistondagi 4 ta nodavlat nashrga berilgan edi. Endi ular qatoriga "Darakchi" ham qo`shildi.
Ertaga kutilayotgan davlat rahbari tashrifi bilan bog`liq eng muhim voqea va yangiliklarni to`g`ridan-to`g`ri saytimiz orqali kuzatishingiz mumkin.






