AsosiyJamiyat

O`zbekistonda chaqaloq savdosiga oid jinoyatlar ko`rsatkichi hamon yuqoriligicha qolmoqda

'O`zbekistonda chaqaloq savdosiga oid jinoyatlar ko`rsatkichi hamon yuqoriligicha qolmoqda'ning rasmi

Bugungi kunda ayrim mahalliy ijro hokimliklari, vazirlik va idoralar hamda ularning quyi tuzilmalari rahbarlari tomonidan xodimlarni o`z funksional vazifalariga kirmaydigan mehnat turlariga majburiy jalb qilish holatlari uchramoqda.

2019 yilda odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlar 2018 yilga nisbatan kamaygan bo`lsa-da, bu yo`nalishda sodir etilgan umumiy jinoyatlar orasida chaqaloq savdosi bilan bog`liq jinoyatlar yuqoriligicha qolayotir. Xususan, 2018 yilda sodir etilgan odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlarning 38 foizini chaqaloq savdosi tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda bu ko`rsatkich 43 foizga etgan.  

2019 yilda odam savdosi jinoyati bilan bog`liq kelib tushgan 710 ta murojaatdan bor yo`g`i 94 tasi, ya`ni 13 foizi bo`yicha jinoyat ishi ochilgan.

Yuqoridagi masalalar bugun, 17 iyun kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining videokonferensaloqa tarzidagi majlisida muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar