AsosiyJamiyat

Bir guruh harbiylarimiz paradda qatnashish uchun Moskva shahriga jo`nab ketdi

'Bir guruh harbiylarimiz paradda qatnashish uchun Moskva shahriga jo`nab ketdi'ning rasmi

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligi munosabati bilan joriy yil 24 iyunda Moskva shahrida bo`lib o`tadigan paradda o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar ham ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bir guruh harbiy xizmatchilari paradga tayyorlanish uchun Moskva shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Juda ko`p insonlarning yostig`ini quritgan Ikkinchi jahon urushi bilan bog`liq o`tmishning o`qilmagan sahifalari hali ko`p. Tariximizning bir qismi bo`lgan bu urushga O`zbekistondan 1 million 951 mingdan ortiq kishi safarbar etilgan. Ularning hayot yo`li, kechmishlari turfa sir-sinoatlarga to`la. Shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan bu ulkan g`alabada O`zbekiston xalqining hissasi katta.

    Boshqa yangiliklar