Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, 2020 yil 17 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda.
44 ta yangi kasallanish holatlari aniqlangan. Ularning 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 7 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan, 5 nafari aholi orasida), 5 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4131 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog`aygan. 1532 nafar bemor davolanmoqda.






