AsosiyJamiyat

Toshkentdagi masjidda fuqaroning pul va hujjatlarini tunab ketishdi

'Toshkentdagi masjidda fuqaroning pul va hujjatlarini tunab ketishdi'ning rasmi

Masjiddan o`g`irlik sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxs qo`lga olindi, deya xabar qildi Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati.

Keltirilishicha, 20 mart kuni soat 19.30 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 29 yoshli Jasur J. murojaat qilib, shaxsiy hujjatlari, 100 000 so`m, 110 AQSh dollari va mobil telefoni bo`lgan sumkasini o`g`irlagan g`arazgo`yni topishni iltimos qildi. Jasurning aytishicha, u sumkasini masjidga kirish oldida qarovsiz qoldirgan.

Mazkur fakt bo`yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O`g`rilik») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ko`rilgan tezkor-qidiruv choralari davomida IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan gumonlanuvchining shaxsi aniqlanib, muqaddam sudlangan 22 yoshli Xusniddin K. qo`lga olindi.

 

    Boshqa yangiliklar