AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Xususan, «Yashil» hududlarda o`quv markazlari faoliyatiga ruxsat berildi, buni «sariq» hududlarda ham tashkil etsa bo`ladimi, degan savolga aniqlik kiritildi.
Keltirilishicha, hozirda oliy ta`lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanayotgani va abiturientlarga qulaylik yaratish maqsadida “sariq” hududlarda ham sanitariya-gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda o`quv markazlari faoliyatini tashkil etish bo`yicha Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritilgan.
Komissiyaning “sariq” hududlardagi o`quv markazlarida ta`lim jarayonlarini davom ettirish bo`yicha tegishli qarori qabul qilingandan so`ng, buni tashkil etish mumkin bo`ladi. Hozirgi paytda “sariq” va “qizil” hududlardagi o`quv markazlarlarida masofaviy ta`lim tashkil etishni tavsiya qilamiz, deya javob berildi.






