AsosiyJamiyat

19 iyun kuni Istambul va Moskvadan o`zbekistonliklar olib kelinadi

'19 iyun kuni Istambul va Moskvadan o`zbekistonliklar olib kelinadi'ning rasmi

Ertaga, 19 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvali e`lon qilindi. Unga ko`ra:

Toshkent — Istanbul — Toshkent

Toshkent — Moskva — Toshkent

Toshkent — Istanbul — Toshkent

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

 

Kecha Toshkent — Moskva — Toshkent charter reysi 

    Boshqa yangiliklar