Koronavirusdan himoya qiluvchi oziq-ovqat mahsulotlari nomi ma`lum qilindi

Salomatlik 18.06.2020, 11:52
Koronavirusdan himoya qiluvchi  oziq-ovqat mahsulotlari nomi ma`lum  qilindi

Ispaniya pulmonologiya va torakal jarrohlik jamiyati (SEPAR) rahbari Eusebi Chiner va  parhezshunos Alexandro Kanovas  nafas olish  organi - o`pkani koronavirusdan himoya qiluvchi  mahsulotlar nomini  ma`lum  qildi.

Ta`kidlanishicha, tuxum, guruch, baliq va yong`oq nafas olish tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, o`pkaning holati yomonlashganda, organizmning oqsilga bo`lgan ehtiyoji ortadi. Tuxumlar  esa  oqsilga boy. Pomidorlar  ham organizmga yaxshi ta`sir etadi, ularda S vitamini mavjud. Shuningdek  sut mahsulotlari va suv  organizmga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Ispaniyalik pulmonologning so`zlariga ko`ra, nafas  olish  organini to`g`ri ovqatlanishdan tashqari, to`yib uxlash va jismoniy mashqlar yordamida  ham himoyalash mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1