AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Xitoydan kiruvchilar karantinga olinmaydigan bo`ldi. Pekinda esa vaziyat yana og`irlashmoqda.

'O`zbekistonga Xitoydan kiruvchilar karantinga olinmaydigan bo`ldi. Pekinda esa vaziyat yana og`irlashmoqda.'ning rasmi

15 iyun sanasidan boshlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo`lib turgan) kirib kelgan shaxslar KARANTIN NAZORATIGA OLINMAYDI degan xabar berildi. Lekin OAVlarda Xitoy xududida vaziyat yana ogirlashgani to`g`risida aytilmokda. Bundan vaziyatda qanday chora ko`riladi? Ushbu masalaga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov oydinlik kiritdi.

Ma`lum qilinishicha, yuqoridagi mamlakatlarda so`nggi haftalarda epidemiologik barqarorlik ta`minlanayotgani uchungina «yashil hudud» deb belgilandi, agar epidemiologik vaziyat og`irlashishi kuzatilsa, qo`shimcha qarorlar qabul qilinishi mumkin.

 

 

    Boshqa yangiliklar