Qozog`istonning birinchi Prezidenti Nursultan Nazarbaev koronavirusga chalindi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, sobiq Prezident ayni paytda o`zini o`zi izolyasiyalash rejimiga o`tgan.
"Afsuski, oxirgi test Nazarbaevda infeksiyaning musbat natijasini ko`rsatdi. Xavotirga o`rin yo`q", deyiladi xabarda.
Anyi paytda Nursultan Nazarbaev masofadan ishlayapti.
Eslatib o`tamiz, Qozog`istonda so`nggi bir kunda 335 kishi koronavirusni yuqtirib olgan va hozirga qadar umumiy bemorlar soni 15 877 nafarni tashkil etmoqda.






