Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning mashinasi parlament binosidan chiqib ketayotganda London markazida avtohalokatga uchradi.
Sky Nevs xabariga ko`ra, siyosatchining yaguar rusumli xizmat avtomobiliga ichida qo`riqchilar bo`lgan Range Rover rusumli avtomobil kelib urilgan, deb yozdi O`zreport. Voqeaga namoyish ishtirokchilaridan birining maydonga yugurib chiqqani sabab ekanligi aytilmoqda. Vazirning xaydovchisi qo`qqisdan mashinaning to`xtash pedalini bosgani sababli uning orqasidagi mashina ham unga kelib urilgan.
Xabar qilinishicha, avtomobillardan birining bamperi birozgina lat egan. Jonsonning o`zi zarar ko`rmadi. Voqea yuzasidan tekshiruv ishi olib borilishi aytildi.
Eslatib o`tamiz, Boris Jonson avvalroq koronavirusga chalingan, bir muddat ahvoli og`irlashib, tuzalgan edi.






