AsosiyJamiyat

Qaysi chet davlatlarga qonuniy ishlash uchun borish mumkin?

B.NIZOMOV, O`zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri birinchi o`rinbosari:

  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 505-sonli Qaroriga binoan O`zbekiston fuqarolarining chet ellarda faoliyat yuritishi Hukumatlararo va Idoralararo bitimlar asosida O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi vakolatli idora - Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari Agentligi va mintaqaviy byurolar tomonidan tashkillashtiriladi. Ayni paytda esa Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari Agentligi va mintaqaviy byurolar tomonidan fuqarolarimiz Koreya Repsublikasi va Rossiya federasiyasiga faoliyat yuritish uchun yuborilmoqda.

 Fuqarolarimiz o`zlari istagan boshqa davlatda ishlashni xohlagan taqdirda ular xususiy mehnat kontraktlari asosida chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga egalar. Bunda o`zlari chet eldan ish beruvchini topishlari va quyidagi hujjatlarni agentlikka taqdim etishlari talab etiladi:

  • Ariza
  • Xorijiy firmadan (ish beruvchidan) olingan davlat tiliga tarjima qilingan, barcha ijtimoiy kafolatlar va tibbiy sug`urta ko`rsatilgan, shuningdek, mehnat vizasi (EMPLOYMENT VIZA) bilan ta`minlash borasida ish beruvchining majburiyati nazarda tutilgan holda notarial tasdiqlangan va O`zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan legalizasiya qilingan kontrakt nusxasi; ish beruvchi to`g`risidagi qisqa ma`lumotlar;
  • Ma`lumotnoma-xolisnoma;
  • O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli shakldagi sog`lig`ining holati to`g`risida ma`lumotnoma.

    Boshqa yangiliklar