Kuni kecha Latviyaning Riga shahrida Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot hodimlari sharafiga atab haykal o`rnatildi.
Latviya xalqi, Latviya va butun dunyodagi tibbiyot xodimlariga COVID-19 pandemiyasi davrida fidokorona xizmat qilganlari uchun minnatdorchilik sifatida taniqli latviyalik haykaltarosh tomonidan tibbiyot xodimlariga atab haykal o`rnatdilar. Sarf harajatlar hayriya hisobidan amalga oshirilgan.
Olti metr balandlikdagi haykalda davolash xonasidan endigina chiqqan va keyingi smenasiga tayyorgarlik ko`rayotgan ayol shifokor obrazi tasvirlangan. Rostdan ham, so`nggi uch oy davom etgan butun dunyo karantin davri odamlardagi shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlariga bo`lgan fikrini tamoman o`zgartirdi. Ko`pchilik hayotlarida birinchi marta tibbiyot xodimlarining insonlar hayotida naqadar muhimligini angladilar.






