AsosiyJamiyat

Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi

'Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 18 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5730 (+33) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari  Karantin markazidagi ( Rossiya, BAA va Qozog`istondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtimizdagi “O`rikzor” savdo majmuasida yuk tashuvchi bo`lib faoliyat ko`rsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda bo`lgan, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati xududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtimizda aholi orasida  qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4166  (+35) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi. Bu umumiy kasallikka chalinganlarning 72 foizi shifo topganligini bildiradi.

Hozirda mamlakatimizning o`n xududidagi davolash muassasalarida  1545 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ularning 12 nafari og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar