AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati IIBda ehtiyojmand oilalarni kambag`allikdan chiqarish mavzusida o`quv-seminari tashkil etildi

'Farg`ona viloyati IIBda ehtiyojmand oilalarni kambag`allikdan chiqarish mavzusida o`quv-seminari tashkil etildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIBda 3-sektor kesimidagi ehtiyojmand oilalarni yil yakunigacha kambag`allikdan chiqarish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili hamda oldinda turgan vazifalar ijrosini ta`minlash yuzasidan o`quv-seminari tashkil etildi.

Prezidentimizning Farg`ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan viloyatdagi 43 mingdan ziyod oilani yil yakuniga qadar ehtiyojmanlikdan chiqarish bo`yicha amaliy harakatlarga kirishildi.

Viloyat IIBga biriktirilgan 3-sektor kesimida ham 10 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalar ro`yxati shakllantirilgan.

Videomuloqot tarzida o`tkazilgan o`quv-seminarida viloyat IIB rahbariyati, viloyat hokimining o`rinbosarlari va boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida 19 ta shahar-tuman ichki ishlar organlari rahbarlari hamda mas`ullariga ehtiyojmand qatlamga ko`maklashish uchun tashkil etilgan 4 ta komplekslar, undagi loyihalar va ish o`rinlari to`g`risida tushunchalar berilib, ehtiyojmand oilaning hech bo`lmaganda bitta a`zosini ish bilan ta`minlab, ularni muhtojlikdan chiqarish, bunda har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida shug`ullanish zarurligi uqdirildi.

Seminarda viloyat hokimining iqtisodiyot va investisiya bo`yicha o`rinbosarlari hamda tijorat banklari ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga mas`ul ekanligi ta`kidlandi.

Videomuloqotda iqtisodiy, investisiya, qishloq xo`jaligi va qurilish komplekslari bo`yicha ish o`rinlarini taqsimlash tartiblari ham tushuntirib berildi.

Seminarda ishtirokchilar islohotlarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar va ularni bartaraf etish usullari haqida o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
 

    Boshqa yangiliklar