AsosiyJamiyat

Rossiyada ish izlayotgan O`zbekiston fuqarolariga 860 dan ortiq bo`sh ish o`rinlari taklif etilmoqda

'Rossiyada ish izlayotgan O`zbekiston fuqarolariga 860 dan ortiq bo`sh ish o`rinlari taklif etilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiyada ish qidirayotgan O`zbekiston fuqarolari diqqatiga bir qator bo`sh ish o`rinlari haqida ma`lumot berdi. Unda aytilishicha Rossiya Federasiyasining turli hududlarida quyidagi yo`nalishlar bo`yicha 860 dan ortiq bo`sh ish o`rniga fuqarolar taklif etiladi.

Moskva shahrida:

- elektrik-santexnik – 5 kishi;

- tom yopish ishlariga – 10 kishi;

- ishlab chiqarish va ofislarni tozalash ishlariga – 2 kishi;

- g`isht terish ishlariga – 28 kishi;

- sotuvchi-kassir (smenali ish) – 5 kishi;

- oshpaz, oshpaz yordamchisi, taomlar uchun buyurtmalarni qabul qilish va etkazib berish ishlariga – 41 kishi;

- Xitoy oshxonasi oshpazi – 6 kishi;

- kompyuter dasturchi – 2 kishi;

- qassobchilik ishlariga – 25 kishi;

- gazelektropayvandlash ishlariga – 15 kishi;

- qurilish-montaj ishlariga – 12 kishi;

- payvandlash ishlariga – 5 kishi;

- tikuvchilik ishlariga – 10 kishi.

Moskva viloyatida:

- qadoqlash ishlariga – 20 kishi.

Sankt-Peterburg shahrida:

- kunlik ishlarga – 50 kishi;

- tikuvchilik ishlariga – 5 kishi;

- haydovchilikka (taksi) – soni cheklanmagan;

- qishloq xo`jaligi ishlariga – 100 kishi;

- yuk mashinasi haydovchisi – 4 kishi.

Leningrad viloyatida:

- qishloq xo`jaligi va chorvachilik ishlariga – 20 kishi.

Irkutsk viloyatida:

- yog`och kesish va kunlik ishlarga – 3 kishi.

Ulan-Ude shahrida (Buryatiya):

- beton quyish va g`isht terish ishlariga – 60 kishi.

Qrim Respublikasida:

- qishloq xo`jaligi ishlariga – 11 kishi.

Kurgan viloyatida:

- duradgorlik ishlariga – 1 kishi;

- gazelektropayvandchi – 4 kishi.

Amur viloyatida:

- go`sht mahsulotlarini qayta ishlash – 1 kishi.

Vladivostok shahrida:

- yuk ortish ishlariga – 2 kishi;

- elektr montaj ishlariga – 4 kishi.

Yakutiyada:

- gazelektropayvandchi – 5 kishi.

Xanti-Mansiysk avtonom viloyatida:

- stanokda arralash ishlarga – 10 kishi.

Kirov viloyatida:

- stanokda arralash va kunlik ishlarga – 10 kishi.

Rostov-na-Donu shahrida:

- g`isht terish va gipsokarton ishlariga – 10 kishi;

- qishloq xo`jaligi, chorvachilik ishlariga – 100 kishi;

- payvandchi, muhandis, beton quyish ishlariga – 11 kishi.

Tyumen shahrida:

- yuk ortish ishlariga – 1 kishi;

- g`isht terish va kunlik ishlarga – 10 kishi.

Chelyabinsk shahrida:

- tovarlarni tashish va joylashtirish ishlariga – 5 kishi.

Samara shahrida:

- kunlik ishlarga – 20 kishi;

- ofis ishlariga – 11 kishi.

Krasnoyarsk shahrida:

- kunlik ishlarga – 12 kishi;

- yuk ortish va tushirish ishlariga – 2 kishi.

Boshqirdiston Respublikasida:

- qishloq xo`jaligi texnikalari mutaxassisi – 13 kishi;

- gazelektropayvandchi – 2 kishi.

Tatariston Respublikasi:

- kunlik ishlarga – 6 kishi.

Belgorod viloyatida:

- qassobchilik ishlariga – 20 kishi;

- gazelektropayvandlash va santexnika ishlariga – 10 kishi;

- slesar, farroshlik va qurilish ishlariga – 5 kishi.

Stariy Oskol shahrida:

- tokar – 10 kishi.

Volgograd viloyatida:

- qurilish-montaj ishlariga – 10 kishi.

Tver viloyatida:

- kunlik ishlarga – 2 kishi;

- tokar – 1 kishi.

Penza viloyatida:

- oshpazlik va non yopish ishlariga – 4 kishi;

- avtomobillarni yuvish ishlariga – 2 kishi;

- qo`riqlash xizmatiga – 1 kishi.

Smolensk viloyatida:

- qurilish ishlariga – 15 kishi.

Janubiy Saxalinsk viloyatida:

- qurilish-montaj ishlariga – 10 kishi.

Usole-Sibirskoe shahrida:

- molyarlik ishlariga – 5 kishi.

Klimovsk shahrida:

- kunlik ishlarga – 5 kishi.

Salexard shahrida:

- slesar – 5 kishi.

Birsk shahrida:

- non yopish va yuk ortish ishlariga – 10 kishi.

Voljskiy shahrida:

- gazelektropayvandchi – 20 kishi.

Volgodonsk  shahrida:

- tikuvchilik ishlariga – 5 kishi.

Ushbu hududlarda ishlash istagidagi fuqarolardan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishlari so`raladi: 

Xorijda ish izlovchi sifatida ro`yxatdan o`tish

Murojaat uchun telefon: +998 71 202 33 55

    Boshqa yangiliklar