2020 yil 18 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5767 (+37) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi SSV.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent viloyatida (shundan 18 nafari karantinga olinganlar, 14 nafari aholi orasida), 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4199 (+68) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1549 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






