SSV xabariga ko`ra, bugun mamlakatimizda 85 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 54 nafari Karantin muassasalarida, 28 nafari aholi orasida (shundan 14 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Avval xabar qilganimizdek, bugun 68 nafar fuqaro sog`aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5767 nafar bemordan 4199 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1549 nafar bemordan 12 nafari og`ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 30 434 nafar, stasionar karantinda esa 22 343 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.






