Qozog`iston hukumati mamlakatda koronavirusdan zararlanganlar soni keskin oshib ketishi natijasida 20-21 iyundan boshlab qat`iy karantin tartibini joriy qilish haqida qaror qilgan.
Unga ko`ra Nursulton, Olma-ota, Karaganda, Chimkent, Pavlodar va Ekibastuz shaharlarida:
* barcha savdo markazlari, do`konlar tarmog`i, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo majmualari, bozorlar yopiladi;
* kafe, restoranlarga faqat ochiq havoda, ko`cha formatida ijtimoiy masofa va sanitariya talablari asosida ruxsat beriladi;
* jamoat transporti harakatlanishi chegaralanadi;
* hiyobon, bog`, plyaj, akvapark va sayr uchun mo`ljallangan joylar yopiladi;
* fitness-klublar to`xtatiladi.
Dam olish kunlari Nursulton shahrida avtobuslar harakatlanmaydi, Olma-otada ommaviy tadbirlar qoldirilgan. Lekin hali shaharlar o`rtasida blok-postlar qayta tiklanishi va kirish-chiqish qat`iy nazoratga olinishi ma`lum qilinmagan.






